Bo’lajak onalar
Homilador va emizikli ayollarda moddalar almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli yodga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.
Bo‘lajak onalarning oziqlanishi haqida muhim ma‘lumotlar
Ushbu o‘zgarishlar nafaqat ayolning organizmini homiladorlik uchun tayyorlashga, balki homila rivojlanishiga ham yordam berishga qaratilgan. Ushbu o‘zgarishlarning ba‘zilari endokrin tizim – ma‘lum bir gormonlarni ishlab chiqarish orqali organizmning bir qator funksiyalarini tartibga soluvchi tizim bilan bog‘liq. Masalan, homilador ayollarda tireoid gormonlarning ishlab chiqarilishi ortadi, bu homiladorlik davrida yodga bo‘lgan ehtiyoj ham oshishini bildiradi.
Yod qalqonsimon bezning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan ozuqaviy mineral modda hisoblanadi. Yod va uning organizmdagi asosiy funksiyalari haqida ko‘proq ma‘lumot olish uchun "Yod tanqisligi" bo‘limiga qarang.
Shuning uchun, JSST homilador ayollarga homilador bo‘lmaganlarga qaraganda ko‘proq yod qabul qilishni tavsiya etadi.
Shunga qaramay, ayrim hollarda oziq-ovqat bilan yetarli miqdorda yod olishni ta‘minlash qiyin, ayniqsa, unga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgan sharoitida. Bu holda, yetarli yod iste‘molini ta‘minlash va yod tanqisligi hamda uning asoratlarni oldini olish uchun, tarkibida yod saqlovchi qo‘shimcalarni qabul qilish (masalan, Yodomarin® preparati) kabi chora-tadbirlar iloji boricha tezroq amalga oshirilishi mumkin.
Homila rivojlanishining turli bosqichlarida qalqonsimon bez gormonlari turli funksiyalarni bajaradi. Homiladorlik davrida ular turli organlarning, shu jumladan miyaning o‘sishini va rivojlanishini nazorat qiladi. Shunday qilib, ular homiladorlik davrida to‘g‘ri o‘sish, shuningdek, homilaning jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Homiladorlik davrida ayol odatdagidan ko‘ra ko‘proq yod iste‘mol qilishi kerak. Ushbu mineral moddaga bo‘lgan ehtiyojning oshishi bir necha sabablarga bog‘liq. Birinchidan, yo‘ldosh-bu o‘ziga xos fermentning boy manbai hisoblanadi (gormon molekulasining ichki halqasini deyodizatsiyalovchi 3-turdagi deyodinaza), u qalqonsimon bez gormoni bo‘lgan tiroksinni faolsizlantirib, uni biologik faol bo‘lmagan shaklga o‘tkazadi. Shuning uchun organizmning tireoid gormonlarga bo‘lgan ehtiyoji ortadi, bu esa iste‘mol qilinadigan yod miqdorini oshirishni talab qiladi. Bundan tashqari, homiladorlikning dastlabki bosqichlarida inson xorionik gonadotropinining (IXG) yuqori konsentratsiyasi qalqonsimon bezdagi tireoid gormonlarning sintezini stimullaydi. Ushbu "qo‘shimcha" tireoid gormonlari qon va platsenta orqali homila organizmiga o‘tadi, chunki embrion qalqonsimon bezi faqat homiladorlikning 20-haftasidan keyin o‘z tireoid gormonlarini ishlab chiqaradi.
Homiladorlikning ikkinchi yarmida homilaning tireoid gormonlariga bo‘lgan ehtiyoj oshadi va yod platsenta orqali oson o‘tishi sababli, onaning yodga ehtiyoji ham oshadi.
Bundan tashqari, homilador ayollarda yodga bo‘lgan ehtiyoj quyidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq:
Yodning buyrak klirensi oshadi.
Yod va tireoid gormonlarning taqsimlanish hajmi oshadi.
Qalqonsimon bez gormonlarining ko‘p miqdori qon oqsillari bilan bog‘lanadi.
Modda almashinuvining bunday o‘zgarishlariga javoban homilador ayollarda tireoid gormonlar ishlab chiqarilishi (erta davrdan boshlab) homilador bo‘lmagan ayollarga nisbatan deyarli 50% ga oshadi. Ishlab chiqarishni ko‘paytirish oziq-ovqat bilan yoki qo‘shimchalar shaklida tegishli miqdorda yod tushishini talab qiladi. Shu munosabat bilan YUNISEF, ICCIDD va JSST kunlik yod iste‘molini 250 mkg ga (homilador bo‘lmagan ayollar uchun 150 mkg bilan solishtirganda) oshirishni tavsiya qiladilar. Turli tashkilotlar homilador ayollar uchun yod iste‘mol qilishning turli me‘yorlarini tavsiya qiladilar (150 dan 290 mkg/kuniga) .
O‘ziq moddalar va energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarning fiziologik me‘yorlariga ko‘ra, O‘zbekistonda homilador ayollarga kuniga 220 mkg yod tavsiya etiladi. Yodga bo‘lgan kundalik ehtiyojni ta‘minlashning mumkin bo‘lgan usullaridan biri oziq-ovqat tarkibida yetarli miqdorda yod iste‘mol qilishdir. Yod ta‘minoti me‘yorda bo‘lgan hududlarda 200 mkg yodni quyidagi yangi mahsulotlarni iste‘mol qilish orqali olish mumkin:
Shuning uchun, homiladorlik davrida yod miqdorini ta‘minlash uchun tarkibida yod bo‘lgan qo‘shimchalarni qabul qilishni hisobga olish kerak.
Yevropa mintaqasi mamlakatlarida homiladorlik davrida yod tanqisligi rivojlanishi tez-tezligini baholash uchun (JSST), 2000- 2015 yillar oralig‘ida homilador ayollardan olingan so‘nggi so‘rov natijalari tahlil qilindi. Ayrim davlatlarda milliy tadqiqotlar ma‘lumotlari mavjud emas edi, shuning uchun tadqiqotchilar kamida 100 ayol ishtirok etgan submilliy tadqiqotlarning umumlashtirilgan ma‘lumotlarini tahlil qildilar. Umuman olganda, bu usul Yevropada o‘sha davrda yashagan homilador ayollarning 58% to‘g‘risida ma‘lumotlarini olish imkonini berdi. Natijalar: faqat 10 mamlakatda homiladorlik davrida yod iste‘moli yetarli edi, 21 mamlakatda homilador ayollar juda kam yod iste‘mol qilgan ekanlar. Bu shuni anglatadiki, Yevropada homiladorlik davrida ayollarning 2/3 qismi kam miqdorda yod iste‘mol qiladi.
Shubhasiz, homilador ayollarda yod tanqisligi kattalardagi singari bir xil oqibatlarga va kasalliklarga olib kelishi mumkin. Biroq, (va bu juda ham muhim), u homila uchun ayniqsa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Og‘ir darajadagi yod tanqisligining oqibatlari:
Bunday ortga qaytmas kasalliklarning eng jiddiy shakli kretinizm deb ataladi, u aqliy zaiflik, karsoqovlik, spastik diplegiya (bolalar bosh miya falajining shakli), g‘ilaylik va pakanalikka olib keladi.
Biroq, homilaga salbiy ta‘sir faqat og‘ir darajadagi yod tanqisligi bilan bog‘liq emas. Homiladorlik davrida yengil va o‘rta darajadagi yod tanqisligi bolaning kognitiv funksiyasiga ta‘sir qilishi mumkin. Bu, so‘zsiz, homiladorlik davrida yod iste‘moliga e‘tibor berish qanchalik muhimligini ko‘rsatadi; bundan tashqari, qo‘shimcha yod qabuli (masalan, Yodomarin® 100 va 200 preparatlari ko‘rinishida) homilador ayollarda yod tanqisligi kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytirishning oddiy usuli hisoblanadi.
Homila rivojlanishining asosiy bosqichlari
Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan taqdim etilgan yod tanqisligini profilaktikasi bo‘yicha maslahatlar oddiy ko‘rinishi mumkin:
Biroq, homiladorlik davrida, bu mikroelementga bo‘lgan ehtiyoj ortganida, yetarli miqdorda yod olish uchun bu maslahatlarga rioya qilishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bu ayniqsa, yod holati pastligi tufayli yod tanqisligi xavfi juda yuqori bo‘lgan va o‘simliklar va hayvonot mahsulotlari juda kam miqdorda yod saqlovchi hududlarda yashovchi ayollarga tegishlidir.
Bunday holda yodning kerakli miqdorini yetarli darajada iste‘mol qilish va yod tanqisligini profilaktikasini ta‘minlashning oddiy va samarali usuli – bu tarkibida yod saqlaydigan qo‘shimchalarni qabul qilish bo‘lishi mumkin. Mumkin bo‘lgan variantlardan biri tarkibida yod saqlovchi preparatlarni har kuni qabul qilishdir (masalan, Yodomarin® preparati). Agar yod tanqisligini oldini olish uchun normal ovqatlanishda kerakli yod miqdorini kafolatlash mumkin bo‘lmasa, yodni quyida belgilangan qiymatlardan kam bo‘lmagan miqdorda qabul qilish kerak:
Yodomarin® preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaga muvofiq tavsiya etilgan yod qabuli
Ushbu tavsiya etilgan dozalar kunlik yod talabini qoplashi va yod tanqisligi va uning oqibatlarini profilaktikasining oddiy va qulay usuli bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Amerika tireoid assotsiatsiyasi (American thyroid Association), masalan, shimoliy Amerikada yashovchi barcha homilador va emizikli ayollar uchun kuniga 150 mkg yod iste‘mol qilishni tavsiya qiladi. Yaqinda Endokrinologik jamiyati (Endocrine Society), teratologlar jamiyati (Teratology Society) va Amerika pediatriya akademiyasi (American Academy of Pediatrics) tarkibida yod bolgan qo‘shimchalardan foydalanishni qo‘llab-quvvatladi.
O‘ziq moddalar va energiyaga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik me‘yorlariga ko‘ra, O‘zbekistonda homilador va emizikli ayollarga kuniga 220 mkg yod tavsiya etiladi.
Homiladorlik boshlanganida, muntazam prenatal tibbiy kuzatuv uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Tekshiruvlar vaqtida shifokor homila rivojlanishini baholaydi. Bundan tashqari, qon analizlari, jumladan qalqonsimon bez gormonlarini darajasini aniqlash o‘tkaziladi, hamda yod tanqisligi bor yoki yo‘qligi haqida xulosa qilinadi.
Bundan tashqari, homiladorlikni rejalashtirishdan oldin shifokorga borib, yod holatini tekshirtirish kerak.
Yod sog‘liq uchun juda muhim: Bu almashtirib bo‘lmaydigan mineral qalqonsimon bez tomonidan organizmdagi ko‘plab jarayonlarni tartibga solish uchun kerak. Yodni nazorat ostida qo‘shimcha ravishda qabul qilish sog‘lom hayotga yordam beradi.
Yod gormonlarning almashtirib bo‘lmaydigan tarkibiy qismi bo‘lib, organizmda ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun oziq -ovqat bilan yetarli miqdorda yod iste‘mol qilish kerak.
Yodomarin® preparati haqida barcha muhim ma‘lumotlar umumlashtirilgan
“Savollar va javoblar” bo‘limi Yodomarin® preparati bilan bog‘liq savollar va javoblarni o‘z ichiga oladi