Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Yodning ahamiyati

Kattalarda yodning ahamiyati haqida barcha bilish kerak bo'lgan ma'lumotlar

Kattalar uchun yodning ahamiyati

Yod - qalqonsimon bezning normal ishlashi va tireoid gormonlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan mineral ozuqa hisoblanadi.

Ushbu gormonlar homiladorlik davrida va bolalikda miya hamda boshqa organlarning rivojlanishi uchun juda muhimdir. Ular kattalarda ham muhim o‘rin tutadi va organizmdagi ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi. Yod tanqisligi nafaqat qalqonsimon bez kasalliklari (masalan, buqoq) rivojlanishiga olib keladi, balki kundalik hayotga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan diqqatni jamlashni pasayishi, uyquchanlik, asabiylik, kayfiyat tushishi kabi simptomlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Organizmda yod ishlab chiqarilmaganligi sababli, bu moddaning asosiy manbai oziq-ovqat hisoblanadi. Biroq, dunyoning ko‘plab mintaqalarida atrof-muhitda va binobarin ko‘pchilik oziq-ovqat  mahsulotlarida yod tanqisligi mavjud. Bu shuni anglatadiki, oziq-ovqat bilan нetarli miqdorda yod olish mumkin emas. Bu holda yetarli yod iste‘molini ta‘minlash va yod tanqisligi hamda uning asoratlarni profilaktikasi uchun iloji boricha tezroq tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, (masalan, Yodomarin® preparati) qo‘shimcha ravishda qabul qilish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilishi mumkin.

1. Kattalarda yodning ahamiyati haqida

Yod qalqonsimon bezning normal ishlashi va tireoid gormonlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mineral ozuqa hisoblanadi. Rivojlanishning turli bosqichlarida qalqonsimon bez gormonlari turli funktsiyalarni bajaradi. Homiladorlik davrida va bolalik davrida ular organlarning rivojlanishi, shu jumladan miyani rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Kattalarda bu funktsiyalar o‘zgaradi, chunki ularning organlari rivojlanishi va o‘sishi tugallanadi. Biroq, tireoid gormonlar hali ham muhim o‘rin tutadi va organizmdagi ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi. Kattalarda ular:

  • Asab tizimini faollashtiradi, diqqatni jamlashni oshiradi va reaktsiyalarni tezlashtiradi
  • Yurak urishi tez-tezligini va kuchini oshiradi
  • Tomirlarning periferik qarshiligini kamaytiradi
  • Asosiy almashinuv tezligini oshiradi
  • Tana haroratini oshiradi

 

Yod va uning organizmdagi asosiy funktsiyalari haqida ko‘proq ma‘lumot olish uchun "Yod tanqisligi" bo‘limiga qarang.

 

Ko‘rib turganingizdek, qalqonsimon bez gormonlari aslida organizmdagi barcha hujayralarga ta‘sir qiladi. Shuning uchun, bu gormonlar bo‘lmasligi organizmdagi deyarli har bir organ yoki to‘qimaga ta‘sir qilishi mumkin.

Bularning hammasi birgalikda yodning kundalik hayotdagi o‘rnini aks ettiradi: yod tireoid gormonlarni ishlab chiqarish uchun, kognitiv va nevrologik funktsiyalarni, shuningdek energiya almashinuvi jarayonlarini normal kechishi uchun zarurdir.

Bundan tashqari, kattalarda yod tanqisligi mexanik asoratli buqoq va/yoki gipoterioz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Uzoq muddatli yod tanqisligida tireoid gormonlarni ortiqcha ishlab chiqarish bilan bog‘liq qalqonsimon bez giperfunktsiyasi (yoki giperterioz) rivojlanish ehtimoli ham mavjud.

2. Nima uchun qo'shimcha yod iste'mol qilish oqlanishi mumkin: chunki kundalik yetarli miqdorda yod olishni ta'minlash qiyin.

Organizmda yod ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun bu mikroelementning asosiy manbai oziq-ovqat hisoblanadi.  YUNISEF, ICCIDD va JSST tavsiyalariga ko‘ra, kattalar kuniga 150 mkg yod iste‘mol qilishlari kerak.

O‘ziq moddalar va energiyaga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik me‘yorlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kattalarga kuniga 130-150 mkg yod tavsiya etiladi. Biroq, oziq-ovqatda yod miqdori uning manbasiga, shuningdek, sabzavot va mevalar o‘sgan tuproqqa bog‘liq. Yod tanqisligi kuzatiladigan hududlarda yashovchi shaxslarda yod tanqisligi xavfi yodga boy hududlarda yashayotgan shaxslarga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat bilan qancha yod tushishidan qat‘iy nazar, mikroelementning 90% i buyraklar tomonidan chiqariladi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma‘lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab taxminan 1,9 milliard odam yod tanqisligi rivojlanishi mumkin bo‘lgan xavf guruhiga kiradi. Yod tanqisligi nafaqat uchinchi dunyo mamlakatlarida, balki yengil yod tanqisligi Vengriya, Rossiya yoki Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham kuzatilishi mumkin.

Yod siydik bilan chiqarilganligi sababli, bir martalik siydikda yodning o‘rtacha kontsentratsiyasi umumiy populyatsiyada yod holatining biomarkeri bo‘lib xizmat qiladi; ma‘lum bir populyatsiyaning yod bilan yetarli/yetarli bo‘lmagan darajada ta‘minlanishiga mos keladigan siydikda yodning o‘rtacha kontsentratsiyasining chegara qiymatlari belgilangan.

Siydikda yod kontsentratsiyasi ko‘pincha maktab yoshidagi bolalarda aniqlanadi, chunki ularda ushbu tahlilni amalga oshirish maqsadga muvofiq, va maktablarda amalga oshirilishi oson. Bu guruhda yod iste‘moli umumiy populyatsiyada yod iste‘molini aks ettiradi. Shu bilan birga, bu usulda yod tanqisligi xavfini baholash mumkin, shuningdek so‘nggi o‘n yil ichida Yevropada JSSTning boshqa hududlariga nisbatan maktab yoshidagi bolalarda yod tanqisligining eng yuqori darajasi kuzatildi. Yevropa davlatlarining boyligiga va sog‘liqni saqlashning yuqori standartlariga, yod tanqisligini nazorat qilish va yo‘q qilish chaqiruvlariga qaramasdan, 2015 - yilda, JSST Yevropa mintaqasida maktab yoshidagi bolalarning faqat 66% yetarli miqdorda yod oldi.

Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yod olish uchun turli xil milliy dasturlar joriy etildi, masalan, uy sharoitida yodlangan tuzdan foydalanish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari ishtirokidagi so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mavjud profilaktika dasturlari faqat o‘rtacha samaradorlikni namoyish etadi va yoshlarda yod tanqisligini profilaktikasining samarali usullarini izlash zamonaviy sog‘liqni saqlashning istiqbolli vazifasiga aylanmoqda.

Kattalar orasida turli sabablarga ko‘ra yetarli miqdorda yod olmaydigan maxsus guruhlar mavjud. Masalan, arterial gipertenziyasi bor bemorlar ko‘pincha tuz iste‘molini cheklashga majbur bo‘lishadi. Ayrim mahsulotlarga (masalan, sigir suti yoki baliq) allergiyasi bo‘lgan bemorlarda tavsiya etilgan kunlik yod miqdorini ta‘minlash bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin, chunki ular bunday mahsulotlardan voz kechishlari kerak. Xuddi shu narsa go‘sht, baliq, sut va tuxum kabi hayvonot mahsulotlarini iste‘mol qilishdan qisman yoki to‘liq voz kechadigan shaxslarga ham tegishli. Vegetarianlar, veganlar va maxsus parhezga rioya qilishga majbur bo‘lgan odamlarda yod tanqisligi xavfi oshadi, shuning uchun ular taomnomada yetarli miqdorda yod mavjudligini juda sinchkovlik bilan kuzatishlari kerak. Xuddi shu narsa go‘sht, baliq, sut va tuxum kabi hayvonot mahsulotlarini iste‘mol qilishdan qisman yoki butunlay o‘zini cheklagan shaxslar uchun ham amal qiladi. Vegetarianlar, veganlar va maxsus parhezga rioya qilishga majbur bo‘lganlarda yod tanqisligi xavfi oshadi, shuning uchun ular o‘z ratsionlarida yetarli miqdorda yod mavjudligini juda sinchkovlik bilan kuzatishlari kerak. Yod tanqisligi xavfi yod tanqisligi kuzatilgan hududlarda yashovchi shaxslarda sezilarli ortadi, chunki bunday hududlarda sabzavotlar, o‘simliklar va chorva go‘shtlari tarkibida yod kam miqdorda bo‘ladi.

3. Yod tanqisligini profilaktikasi

Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan yod tanqisligini profilaktikasi bo‘yicha beriladigan tavsiyalar bir qarashda oddiy ko‘rinadi: 

  • Sut va sut mahsulotlarini har kuni iste‘mol qilish.
  • Haftasiga bir yoki ikki marta dengiz baliqlarini ratsionga qo‘shish.
  • Uyda faqat yodlangan tuzni qo‘llash.
  • Tarkibida yodlangan tuz bo‘lgan mahsulotlarni iste‘mol qilish.

Biroq, bu tavsiyalarga rioya qilish orqali yetarli miqdorda yod olish ba‘zida qiyin bo‘lishi mumkin, ayniqsa, yod tanqisligi xavfi juda yuqori bo‘lgan hududlarda yashovchi odamlar uchun qiyin bo‘ladi. Ushbu hududlardagi tuproqda yod miqdori pastligi sababli, bu tuproqda o‘sadigan mevalar va o‘simliklar tarkibida yod kam miqdorda bo‘ladi. Xuddi shu narsa bu o‘simliklarni iste‘mol qiladigan hayvonlar uchun ham tegishlidir.

Bu holatda yod miqdorini yetarli darajada iste‘mol qilish va yod tanqisligini profilaktikasini ta‘minlashning oddiy va samarali usuli tarkibida yod bo‘lgan qo‘shimchalarni qabul qilish bo‘lishi mumkin. Mumkin bo‘lgan variantlardan biri tabletkalar qabul qilishdir, masalan, Yodomarin® preparatini.

Yodomarin® preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasiga ko‘ra yodning tavsiya etiladigan miqdori.

  • Kattalar: 100 – 200 mkg  Yodomarin® preparati kuniga bir marta

Ko‘pchilik yodni ortiqcha iste‘mol qilishdan va unga bog‘liq oqibatlardan qo‘rqadi. Yuqorida tavsiya etilgan yod dozalari yod tanqisligi rivojlanishini profilaktikasi uchun qo‘shimcha ravishda buyuriladi.

Ushbu tavsiya etilgan dozalar kunlik yod talabini to‘ldirishi va yod tanqisligi va uning oqibatlarini oldini olishning oddiy va qulay usuli bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

4. Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Yod tanqisligining individual xavfi kundalik ovqatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari va iste‘mol qilinadigan oziq-ovqatda yod miqdori bilan belgilanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, sog‘lom va muvozanatli ovqatlanish bilan nazariy jihatdan yetarli yod iste‘molini ta‘minlash mumkin. Shunga qaramay, amalda hamma narsa oddiy emas: tarkibida yod miqdori yuqori bo‘lgan taomnoma bo‘lmasa, yod tanqisligi rivojlanishi ehtimoli bor. Shunday qilib, ko‘plab boshqa kasalliklarda bo‘lgani kabi, yod tanqisligining erta tashxisi ham tegishli terapiyaning iloji boricha erta boshlanishi uchun juda muhimdir.

Yod tanqisligi va boshqa kasalliklar sababli chaqirilishi mumkin bo‘lgan bir qator simptomlar mavjud. Quyidagi simptomlar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qiling:

  • Charchoq
  • Diqqatni jamlash muammolari
  • Ish qobiliyatining pasayishi
  • Apatiya
  • Aqliy qobiliyatning pasayishi
  • Jismoniy quvvat yetishmasligi

Ushbu simptomlar yaqqol yod tanqisligida kuzatiladi, shuning uchun kundalik ratsion yodni yetarli miqdorda iste‘mol qilinishini ta‘minlamasa, profilaktika choralarini ko‘rish kerak. Bu homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda ayniqsa muhimdir.

Yod haqida ko’proq bilish

Yod sog‘liq uchun juda muhim: Bu almashtirib bo‘lmaydigan mineral qalqonsimon bez tomonidan organizmdagi ko‘plab jarayonlarni tartibga solish uchun kerak. Yodni nazorat ostida qo‘shimcha ravishda qabul qilish sog‘lom hayotga yordam beradi.

Emizikli onalar va chaqaloqlar

Emizikli ayollarda va ularning chaqaloqlarida yodga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Yod tanqisligining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki u bolaning  rivojlanishi va sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir qiladi.

Asosiy fikrlar - nimalarni bilish kerak?

Qalqonsimon bez gormonlari muhim rol o‘ynaydi va organizmdagi ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi.

Yod normal kognitiv va nevrologik funktsiyalarni, shuningdek, energetik metabolizm jarayonlarining to‘g‘ri kechishini ta‘minlash uchun zarurdir.

Mutaxassislar tomonidan kattalarda tavsiya etilgan yod iste‘molining kunlik miqdori 150 mkg ni tashkil qiladi.

Taxminan 1,9 milliard odam yod tanqisligi xavf guruhiga kiradi.

Yod tanqisligini peroral profilaktika orqali oldini olish mumkin (masalan, Yodomarin® preparati bilan).

Batafsil ma'lumot uchun ta’lim videoni yuklab oling yoki "Savollar va javoblar" bo'limiga o'ting

O’rgatuvchi video

Yodomarin® preparati haqida barcha muhim ma‘lumotlar umumlashtirilgan

Savollar va javoblar

“Savollar va javoblar” bo‘limi Yodomarin® preparati bilan bog‘liq savollar va javoblarni o‘z ichiga oladi