Homiladorlik va undan keying davrda yod
Bo‘lajak onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar haqida esda tutish kerak bo‘lgan faktlar
Homiladorlik va tug'ruqdan keyingi davrda yodni qo‘llash
Onalik-ayol hayotidagi o‘ziga xos davr. Bu vaqtda ko‘plab yangi his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi, oldinlari boshdan kechirilmagan tuyg‘ular, ayniqsa homiladorlik davrida ovqatlanish odatlari o‘zgarishi mumkin, ular ko‘pincha boshqalar uchun g‘alati ko‘rinadi.
Eng muhimi, tug‘ilishdan oldingi oylarda va ayniqsa, yangi tug‘ilgandan keyingi dastlabki ikki yil ichida ayol nafaqat o‘ziga, balki chaqaloqqa ham g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Ushbu davr mobaynida birinchi hujayradan boshlab homilaning va yangi tug‘ilgan chaqaloqning maqbul rivojlanishi uchun ma‘lum ovqatlanish tartibi kerak. Rivojlanishning har bir bosqichida yangi organlar, shuningdek, organizmning funksiyalari shakllanadi va ularning barchasi maqbul ovqatlanishni talab qiladi.
Bunday oziq moddalardan biri - homiladorlik va emizish davrida juda muhim bo‘lgan va ko‘p miqdorda talab qilinadigan – yod hisoblanadi.
Bundan tashqari, homiladorlikni rejalashtirish davrida yetarli miqdorda yod iste‘moli haqida imkon qadar tezroq qayg‘urish kerak. Yod iste‘mol qilish bo‘yicha batafsil tavsiyalar “Kattalar uchun yodning ahamiyati” bo‘limida keltirilgan.
Yod homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqning to‘g‘ri jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Homilador va emizikli ayollarda yodga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.
Homiladorlik davrida
Homilador ayollarda yodga bo‘lgan ehtiyoj oshadi, shuning uchun homiladorlik davrida chaqaloqning maqbul rivojlanishi uchun oziq-ovqatlarning ozuqaviy qiymatini hisobga olish kerak.
Emizikli onalar va bolalar
Hayotning dastlabki ikki yilida yod, ayniqsa, bolaning to‘g‘ri o‘sishi va rivojlanishi uchun juda muhimdir, bundan tashqari, ona o‘z taomnomasiga e‘tiborli bo‘lishi kerak.
Yodomarin® yod tanqisligini kerakli darajada qoplanishini ta'minlaydi
Yod tanqisligi butun dunyoda keng tarqalgan. Kattalar uchun tavsiya etilgan kunlik yod dozasini olish uchun (150 mkg) faqat oziq-ovqat iste‘mol qilishining o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, yod tanqisligi kasalliklari belgilari rivojlanishining oldini olish uchun tarkibida yod bo‘lgan oziq-ovqatlarini qabul qilish juda muhimdir.
Yodomarin® 100
Yodomarin® 100 preparatining har bir tabletkasi 131 mkg kaliy yodid saqlaydi, bu 100 mkg yodga to‘g‘ri keladi. 50 mkg dozani olish uchun tabletkani ikkita teng qismga bo‘lish kerak.
Yodomarin® 200
Yodomarin® 200 preparatining har bir tabletkasi 262 mkg kaliy yodid saqlaydi, bu 200 mkg yodga to‘g‘ri keladi. 100 mkg dozani olish uchun tabletkani ikkita teng qismga bo‘lish kerak.