Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

SAVOLLARINGIZ - BIZNING JAVOBLARIMIZ

Ko'p beriladigan savollar

1. Yod tanqisligi va yodid haqida savollar

Nima uchun yod oziq -ovqat yoki ozuqaviy qo‘shimcha bilan tushishi muhim?

Yod - bu almashtirib bo‘lmaydigan mineral ozuqa va microelement hisoblanadi. "Mikroelement" - bu organizmga minimal miqdorda kerak bo‘ladigan modda, "almashtirib bo‘lmaydigan" degani esa organizm bunday mineralga muhtoj, lekin uni ishlab chiqara olmaydi degani. Shunday qilib, sog‘lom bo‘lish uchun siz ovqat bilan yetarli miqdorda yod iste‘mol qilishingiz kerak.

Yod tanqisligi qanchalik tez-tez uchraydi?

Hisob -kitoblarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab taxminan 1.9 milliard odam yod tanqisligi xavf guruhiga kiradi. Hisobotlar ma‘lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 21 mamlakat aholisi yengil yod tanqisligidan aziyat chekadi, 9 mamlakat aholisi esa o‘rtacha yod tanqisligidan aziyat chekadi. Boshqa tomondan, 110 dan ortiq mamlakatda yod miqdori yetarli miqdorda iste‘mol qilinadi. Ammo bu mamlakatlarda aholining ayrim kichik guruhlarida (masalan, veganlar, vegetarianlar, sun‘iy oziqlanishdagi bolalar yoki yodlangan tuz iste‘mol qilmaydiganlar) yod tanqisligi bo‘lishi mumkin. Shuningdek homilador va emizikli ayollarda yodga bo‘lgan talab oshadi, shuning uchun ular yod tanqisligi rivojlanishiga moyil bo‘ladilar.

Yodning tavsiya etilgan kunlik dozasi qancha?

Yodga bo‘lgan kunlik ehtiyoj yoshga bog‘liq. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), yod tanqisligi holatlarini nazorat qilish Xalqaro kengashi (ICCIDD) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) quyidagi miqdordagi yod iste‘molini tavsiya qiladi:

Daily Intake of iodine table
Daily Intake of iodine table

Homilador bo‘lmagan, homilador va emizikli ayollarda yodga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish uchun turli tashkilotlar har xil miqdorda yod iste‘mol qilishni tavsiya qiladilar (kuniga 150 dan 290 mkg gacha).

O‘ziq moddalar va energiyaga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik me‘yorlariga ko‘ra, O‘zbekistonda homilador bo‘lmagan, homilador va emizikli ayollarga kuniga 130-220 mkg yod tavsiya etiladi.

Yod tanqisligi kasalligining o‘ziga xos simptomlari qanday?

Yod tanqisligining tipik simptomlari quyidagilardan iborat:

  • Charchashlik
  • Diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar
  • Ishlash qobiliyatining pasayishi
  • Apatiya
  • Aqliy qobiliyatning pasayishi
  • Jismoniy quvvatning yetishmasligi

Ortiqcha yod qabul qilish xavfi bormi?

Agar ko‘p miqdorda yod (bir necha mg) iste‘mol qilinsa, yod bilan o‘tkir zaharlanish rivojlanishi mumkin. Ammo, boshqa sog‘liq muammolari bo‘lmagan va yetarli miqdorda yod biln ta‘minlangan sog‘lom odamda qalqonsimon bez har xil miqdordagi yodni iste‘mol qilishga moslasha oladi, shuning uchun sog‘lom odamlar kuniga 1 mg gacha yod qabulini ko‘tara oladilar.

Yodni ortiqcha qabul qilganda qanday simptomlar rivojlanadi?

Yod bilan o‘tkir zaharlanish oshqozon-ichak trakti, yurak-qon tomir tizimida o‘zgarishlarga va hatto komaga olib kelishi mumkin. Bunda qalqonsimon bez giper- yoki gipofunktsiyasi ham rivojlanishi mumkin. Qalqonsimon bez giperfunktsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tireoid gormonlarning haddan tashqari ko‘p chiqarilishi simptomlariga giperaktivlik, asabiylik, issiqlikkni ko‘tara olmaslik, yurak urib ketishi, zaiflik, charcashlik va vazn yo‘qotish kiradi. Qalqonsimon bez gipofunktsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tireoid gormonlar miqdorining pasayishi simptomlariga tez charchashlik, zaiflik, xotira buzilishi va diqqatni jamlashning buzilishi, tana vazni ortishi, sovuqlik, teri quruqligi va soch to‘kilishi kiradi.

Qalqonsimon bez gormonlarining yetishmasligi organizm holatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo bu gormonlar kontsentratsiyasi juda yuqori bo‘lsa nima bo‘ladi?

Qalqonsimon bez gormonlari deyarli barcha hujayralarga ta‘sir qiladi. Shunday qilib, bu gormonlarning haddan tashqari ko‘payishi organizmdagi deyarli har bir organ yoki to‘qimaga ta‘sir qilishi mumkin: 

  • Markaziy asab tizimi (MAT): asabiylashish, emotsional labillik, giperkinezlar, tremor
  • Teri/sochlar: qizargan, issiq, nam teri, tirnoqlarning qatlamlarga ajrashishi
  • Yurak -qon tomir tizimi: yurak faoliyatining faollashishi
  • Ichak: tana vazni pasayishi, motorikaning oshishi (diareya)
  • Metabolik buzilishlar: asosiy metabolizmning tezlashishi, ishtahaning oshishi; tana vazni pasayishi

2. Yodomarin® preparati haqida savollar

Yodomarin® preparatini qachon qabul qilish kerak?

Preparatni qo‘llash uchun ikkita ko‘rsatma mavjud:

  • Yod tanqisligini profilaktikasi (masalan, yod tanqisligi bo‘lgan hududlarda buqoq rivojlanishini profilaktikasi va yod tanqisligi chaqirgan endemik buqoq olib tashlangandan so‘ng)
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar, o‘smirlar va kamolga yetgan kattalarda buqoqni davolash

Yodomarin® preparatining qaysi dozalarini qabul qilish tavsiya etiladi?

Yodomarin® preparatining tavsiya etilgan dozasi ko‘rsatmalarga va bemorning yoshiga bog‘liq.

Dosage for Iodomarin table
Dosage for Iodomarin table

Yodomarin® preparatini qanday qabul qilish kerak?

Yodomarin® preparati tabletkalarini ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan qabul qilish kerak.

Yodomarin® preparatinini qancha vaqt qabul qilish kerak?

Profilaktik maqsadda Yodomarin® preparati bilan davolash odatda bir necha yillar davomida, ko‘pincha butun umr davomida o‘tkaziladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buqoqni davolash davomiyligi odatda 2-4 haftani, bolalar, o‘smirlar va kattalarda 6-12 oy yoki undan ko‘proqni tashkil qiladi.

Yodomarin® preparatini qabul qilishga qarshi ko‘rsatmalar bormi?

Ha, bir nechta qarshi ko‘rsatmalar mavjud, quyidagilarda Yodomarin® preparatini qabul qilib bo‘lmaydi:

  • Kaliy yodidi yoki biror bir qo‘shimcha moddaga allergiya borligi
  • Qalqonsimon bez giperfunktsiyasining manifest shakli (shikoyatlar bo‘lsa)
  • Qalqonsimon bez giperfunktsiyasining latent shaklida (shikoyatlarsiz), agar yod kuniga 150 mkg yuqori dozalarda qo‘llanilganida
  • Gormon ishlab chiqaruvchi yaxshi sifatli o‘sma yoki qalqonsimon bezda nazoratsiz gormon ishlab chiqarilishi bo‘lgan sohalar bo‘lsa, agar kuniga 300-1000 mkg dozada yod qo‘llanilganida (jarrohlikdan oldingi terapiyadan tashqari).

Yodomarin® preparatini homiladorlik paytida yoki emizish davrida qabul qilish mumkinmi?

Homiladorlik va emizish davrida yodga bo‘lgan ehtiyoj ortadi, ya‘ni yodni yetarli miqdorda iste‘mol qilinishi ayniqsa muhimdir. Ammo yod va yod saqlovchi preparatlarni faqat foyda va mumkin bo‘lgan xavflarni baholagandan so‘ng va faqat shifokorning aniq ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak. Yodomarin® preparatini qabul qilishdan oldin, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Yodomarin® tarkibiga nimalar kiradi?

Yodomarin® tabletkalari kaliy yodidini saqlaydi. Boshqa ingredientlar: laktoza monogidrati, asosiy magniy karbonati, jelatin, karboksimetilkraxmalning natriyli tuzi (A turi); kolloidli kremniy dioksidi va magniy stearati.

Yodomarin® preparatini laktozani ko‘tara olmaslikda qabul qilish mumkinmi?

This is an image
This is an image

Yodomarin® tabletkalari laktoza saqlaydi. Laktozani ko‘tara olmaslikda Yodomarin® preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qiling.

Yodomarin® preparatini qabul qilganda nojo‘ya ta‘sirlar bo‘ladimi?

Hamma dorilar singari, Yodomarin® ham nojo‘ya ta‘sirga olib kelishi mumkin, lekin ular hammada ham uchramaydi. Yod profilaktik qo‘llanilganida nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmaydi. Ammo, qalqonsimon bezda gormonlar nazoratsiz ishlab chiqariladigan katta sohalar mavjud bo‘lganida va har kuni 150 mkg dan ortiq yod qabul qilinganida, qalqonsimon bez giperfunksiyasi rivojlanish ehtimolini butunlay inkor etib bo‘lmaydi.

Juda kamdan -kam hollarda (tez-tezligi Yodomarin® qabul qilayotgan 10 ming odamdan 1 tadan kamida) quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishi mumkin:

  • Yod bilan bog‘liq rinit
  • Teri reaktsiyalari
  • Teri yoki shilliq pardalarning shishishi
  • Isitmalash
  • Akne
  • So‘lak bezlarining shishishi
  • Yod bilan bog‘liq qalqonsimon bez giperfunktsiyasi (kattalarda buqoqni davolashda qo‘llanilganida)

Yodomarin® preparatini qabul qilishda yuzaga kelgan har qanday nojo‘ya reaktsiyalarda shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling. Bu barcha nojo‘ya reaktsiyalarga, shu jumladan bu yerda ko‘rsatilmaganlarga ham tegishli.

Yodomarin® preparatini qanday saqlash kerak?

Yodomarin® preparati maxsus saqlash sharoitlarini talab qilmaydi. Preparat qutisini quruq joyda, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda va to‘g‘ridan -to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, + 5 ° C dan + 25 ° C gacha haroratda saqlanishi kerak. Yorliqda va qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

Yod haqida ko’proq bilish

Yod sog‘liq uchun juda muhim: Bu almashtirib bo‘lmaydigan mineral qalqonsimon bez tomonidan organizmdagi ko‘plab jarayonlarni tartibga solish uchun kerak. Yodni nazorat ostida qo‘shimcha ravishda qabul qilish sog‘lom hayotga yordam beradi.

Emizikli onalar va chaqaloqlar

Emizikli ayollarda va ularning chaqaloqlarida yodga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Yod tanqisligining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki u bolaning  rivojlanishi va sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir qiladi.

Batafsil ma'lumot uchun ta’lim videoni yuklab oling yoki "Savollar va javoblar" bo'limiga o'ting

O’rgatuvchi video

Yodomarin® preparati haqida barcha muhim ma‘lumotlar umumlashtirilgan

Savollar va javoblar

“Savollar va javoblar” bo‘limi Yodomarin® preparati bilan bog‘liq savollar va javoblarni o‘z ichiga oladi