Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Tug'ruqdan keyin yodning ahamiyati

Emizikli ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqatlanish haqida muhim ma‘lumotlar

Tug'ruqdan keyingi davrda va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yodning ahamiyati

Agar ayol bolani emizishni istasa,uning suti bu muhim davrda (yod miya va kognitiv funksiyalarning to‘g‘ri rivojlanishi uchun zarur bo‘lganda) yodning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, bolaning keyingi hayoti uchun maqbul asos yaratish uchun muhim vazifa - bu ona va bolani yetarli miqdorda yod bilan ta‘minlash; bu shuni anglatadiki, onaning yodga bo‘lgan ehtiyoji ham oshadi.

Yod-qalqonsimon bezning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan mineral ozuqa hisoblanadi. Yod va uning organizmdagi asosiy funksiyalari haqida ko‘proq ma‘lumot olish uchun "Yod tanqisligi"bo‘limiga qaralsin.

Shuning uchun, JSST emizuvchi ayyollarga boshqa kattalarga qaraganda ko‘proq yod qabul qilishni tavsiya qiladi.

Shunga qaramay, ba‘zida oziq-ovqat bilan yetarli miqdorda yod tushishini ta‘minlash qiyin bo‘ladi, ayniqsa, unga bo‘lgan ehtiyoj oshgan sharoitlarda. Bu holda, yetarli yod iste‘molini ta‘minlash va yod tanqisligi hamda uning asoratlarni oldini olish uchun, tarkibida yod saqlovchi qo‘shimchalarni qabul qilish (masalan, Yodomarin® preparati) kabi chora-tadbirlar iloji boricha tezroq amalga oshirilishi mumkin.

1. Emizish davrida yodning ahamiyati haqida

Rivojlanishning turli bosqichlarida qalqonsimon bez gormonlari turli funktsiyalarni bajaradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining dastlabki yillarida ular turli organlarning, shu jumladan miyaning o‘sishini va rivojlanishini tartibga soladi. Shunday qilib, ular to‘g‘ri o‘sish, shuningdek, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun juda muhimdir.

Tug‘ruqdan bir necha hafta o‘tgach, tireoid gormonlarni ishlab chiqarish va siydik bilan yodni chiqarilishi homiladorlik davriga nisbatan normal holatga qaytadi. Shunga qaramay, agar ayol chaqaloqni emizmoqchi bo‘lsa, yodga bo‘lgan ehtiyoj oshadi. Sababi shundaki, ona suti emadigan bolalarda miya rivojlanishining muhim davrida yodning asosiy manbai hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, ayol oziq-ovqat yoki tarkibida yod saqlovchi qo‘shimchalar bilan olgan yodning bir qismi sut bezlarida to‘planadi. Agar bola emizikli bo‘lsa, yod unga ona suti bilan tushadi. Chaqaloq ona suti bilan yetarli miqdorda yod bilan ta‘minlanishi uchun (qalqonsimon bezda zahira yaratish uchun), emizuvchi onalar homilador bo‘lmagan ayollarga qaraganda ko‘proq yod qabul qilishlari kerak. Shu munosabat bilan YUNISEF, ICCIDD va JSST kunlik yod iste‘molini 150 mkg dan (umumiy kattalar uchun) 250 mkg gacha oshirishni tavsiya qiladilar. O‘ziq moddalar va energiyaga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik me‘yorlariga ko‘ra, O‘zbekistonda emizikli ayollarga kuniga 220 mkg yod tavsiya etiladi.

Yodga bo‘lgan kundalik ehtiyojni ta‘minlashning mumkin bo‘lgan usullaridan biri oziq-ovqat bilan yetarli miqdorda yod iste‘mol qilishdir. Yod miqdori normal bo‘lgan hududlarda 200 mkg yod qabul qilish uchun quyidagi yangi mahsulotlardan foydalanish mumkin: 

  • 300 g dengiz balig‘i
  • 5 kg go‘sht
  • 5 l sut
  • 2,5 kg tuxum
  • 8,5 kg sabzavotlar

Shuning uchun, emizish davrida yetarli miqdorda yod olish uchun tarkibida yod bo‘lgan qo‘shimchalarni ko‘rib chiqish kerak.

Aytish kerakki, ona sutida yod konsentratsiyasi qon plazmasidagi yod konsentratsiyasidan 20-50 marta yuqoridir. Tug‘ilgandan so‘ng, og‘iz sutida yod konsentratsiyasi (ayolning sut bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi sutda) taxminan 200-400 mkg/l ni tashkil qiladi. Tug‘ilgandan keyingi bir necha hafta ichida ona sutida yod miqdori kamayib boradi va yetilgan sutda doimiy bo‘lib qoladi. Ona tomonidan yetarli miqdorda yod iste‘mol qilinganda, ona sutida yod konsentratsiyasi 150 dan 180 mkg/l gacha o‘zgarib turadi. Bu emizuvchi ona sut bilan kuniga taxminan 75-200 mkg yod yo‘qotishini anglatadi. Bu miqdor onaning tireoid gormonlarini ishlab chiqarishi uchun yetarli emas. Shuning uchun yod tanqisligini oldini olish va binobarin keyinchalik qalqonsimon bez gormonlarini ishlab chiqarilishini har qanday buzilishlarini oldini olish uchun yod iste‘molini oshirishni talab qilinadi.

2. Emizikli ayollarda yod tanqisligini oqibatlari

Homilador ayollar singari, emizikli onalarda ham yod tanqisligi gipotireoz yoki buqoq  kabi ma‘lum bir kasalliklarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari (va bu bolani emizishni rejalashtirayotgan ayollar uchun muhim), yod sut bezlari to‘qimalarining normal o‘sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Yod tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan sut bezlarining kasalligi bor- sut bezlarining fibrokistoz kasalligi yoki "diffuz kistoz mastopatiya". Ushbu kasallikda sut bezlarida og‘riqli shishlar paydo bo‘lishi mumkin, bu esa emizish paytida og‘riqqa olib kelishi mumkin. Biroq, fiziologik nuqtai nazardan, emizish mumkin.

Emizikli bola faqat ona sutidan yod olganligi sababli, onaning organizmida yod tanqisligi yangi tug‘ilgan chaqaloqning qalqonsimon bezida yod zahiralarining kamayishiga va binobarin funksiyaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Tug‘ilgandan keyingi birinchi haftalar miya rivojlanishining muhim davri bo‘lganligi sababli, bu vaqtda emizikli bolalarda yod tanqisligini mavjudligi asab tizimining rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Iodine concentration in breast milk
Iodine concentration in breast milk

Ushbu dalillar, emizishni rejalashtirishda yod iste‘molini hisobga olish juda muhim ekanligini aniq ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari, yodning qo‘shimcha iste‘moli (masalan, Yodomarin® 100 va 200 preparati shaklida) emizikli ayollarda yod tanqisligi kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytirishning oddiy usuli ekanligini bilish foydali hisoblanadi.

Bir necha mamlakat va shaharlarda (jumladan, Germaniya, Daniya, Eron, Belgiya) olib borilgan katta tadqiqotlar natijasida ona sutida yodning o‘rtacha konsentratsiyasi yodlangan tuzdan foydalanganda ham tavsiya etilgan darajadan past bo‘lgan. Shuning uchun, emizish davrida tarkibida yod bo‘lgan qo‘shimchalardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.

3. 24 oydan kichik bolalarda yodning ahamiyati haqida

Har bir ota-ona, albatta, farzandlarining eng yaxshi "hayot starti" bo‘lishini xohlaydi va birinchi 24 oy miya va tananing rivojlanishi uchun juda muhim davr bo‘lib, shuningdek yurish kabi ma‘lum bir qobiliyatlarni shakllantirish uchun juda muhimdir. Shunday qilib, oilaning yangi a‘zosi nafaqat mehribon va g‘amxo‘r ota-ona, balki to‘g‘ri ovqatlanish ham zarur.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq rivojlanishining asosiy bosqichlari

tug’ruqdan keyin yod ahamiyati
tug’ruqdan keyin yod ahamiyati

Bolaning kelajakdagi hayotining asosi bo‘lgan yaxshi sog‘liq va har bir organ va funksiyaning adekvat rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur chora-tadbirlar mavjud. Ulardan biri bolani yetarli miqdorda yod bilan ta‘minlashdir, chunki yod miyaning to‘g‘ri rivojlanishi va ko‘plab kognitiv funksiyalar, shuningdek, qalqonsimon bez funksiyasi uchun zarurdir. Bundan tashqari, chaqaloqlarda yengil va o‘rta darajadagi yod tanqisligi kognitiv va harakat funksiyalariga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, yod tanqisligi bolaning to‘liq intellektual salohiyatini ochilishiga to‘sqinlik qilishi va qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Emizikli bolalarda boshlang‘ich vaqtlarda yodning yagona manbai ona sutidir, ya‘ni bolaning yod iste‘moli onaning yod iste‘moliga bog‘liq. Shuning uchun YUNISEF, ICCIDD va JSST emizikli ayollarga kunlik yod iste‘molini 150 mkg dan (umumiy kattalar uchun) 250 mkg gacha oshirishni tavsiya qiladilar. Bundan tashqari, 7 dan 24 oygacha bo‘lgan bolalarga yod bilan boyitilgan qo‘shimcha ovqat tarkibida qo‘shimcha yod berilishi kerak, emizish esa davom etishi kerak. Agar bola emizishda bo‘lmasa, tarkibida yod bo‘lgan qo‘shimchalardan foydalanish boshidan muhokama qilinishi kerak.

4. Yod tanqisligining profilaktikasi

Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan yod tanqisligining profilaktikasi bo‘yicha beriladigan maslahatlar juda ham oddiy:

  • Sut va sut mahsulotlarini har kuni iste‘mol qilish.
  • Haftasiga bir yoki ikki marta dengiz baliqlarini iste‘mol qilish.
  • Uyda faqat yodlangan osh tuzini qo‘llash.
  • Tarkibida yodlangan osh tuzi bo‘lgan mahsulotlarni ko‘proq iste‘mol qilish.

Biroq, ko‘krak suti bilan emizish tufayli ushbu mineralga bo‘lgan ehtiyoj oshganda, bu tavsiyalarga rioya qilib, yetarli miqdorda yod olish ba‘zan qiyin bo‘ladi. Shuning uchun, agar yodning yagona manbai ona suti bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqda uni yetarli miqdorda olish qiyin bo‘ladi. Shu bilan birga, qattiq oziq-ovqat mahsulotlarini (birinchi navbatda qo‘shimcha ovqat sifatida, so‘ngra ona sutini o‘rniga) kiritishda ham, bolaning yetarli miqdorda yod olishi, uning oziq-ovqat tarkibidagi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Auniqsa, yod holati pastligi sababli yod tanqisligi xavfi juda yuqori bo‘lgan, binobarin sabzavotlar, o‘simliklar va chorva mahsulotlari juda kam miqdorda yod saqlaydigan joylarda yashaydiganlar uchun.

 

IODOMARIN Breastfeeding consult a doctor
IODOMARIN Breastfeeding consult a doctor

Bunday holatda yetarli miqdorda yod iste‘mol qilish va yod tanqisligini profilaktikasini ta‘minlashning oddiy va samarali usuli tarkibida yod bo‘lgan qo‘shimchalarni qabul qilish bo‘lishi mumkin. Mumkin bo‘lgan variantlardan biri, masalan, Yodomarin® preparatini kunlik iste‘mol qilishdir. Agar yod tanqisligini oldini olish uchun normal ovqatlanish bilan kerakli yod miqdorini kafolatlash mumkin bo‘lmasa, yod miqdorini quyida belgilangan qiymatlardan kam bo‘lmagan miqdorda qabul qilish kerak:

Yodomarin® preparatining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasiga ko‘ra tavsiya qilingan yod qabuli:

  • Emizikli ayollar: 200 mkg Yodomarin® 200 preparati kuniga bir marta 
  • Yosh bolalar: 50-100 mkg Yodomarin® 100 preparati kuniga bir marta

Ushbu tavsiya etilgan dozalar ayollar va chaqaloqlarda yodga bo‘lgan kunlik talabni qoplashi va yod tanqisligi va uning oqibatlarini profilaktikasining oddiy va qulay usuli bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

5. Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Bola tug‘ilgandan keyin shifokor uni muntazam ravishda tekshiradi. Tekshiruvlar vaqtida shifokor bolaning rivojlanishini baholaydi. Agar organlar yoki miya rivojlanishida shubha qilinsa, ushbu buzilishlar biron bir yetishmovchilik bilan, masalan, yod tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aniqlash uchun ma‘lum bir tekshiruvlar amalga oshiriladi.

Learn more about Iodine

Yod haqida ko’proq bilish

Yod sog‘liq uchun juda muhim: Bu almashtirib bo‘lmaydigan mineral qalqonsimon bez tomonidan organizmdagi ko‘plab jarayonlarni tartibga solish uchun kerak. Yodni nazorat ostida qo‘shimcha ravishda qabul qilish sog‘lom hayotga yordam beradi.

Iodine deficiency

Yod haqida ko’proq bilib oling

Yod gormonlarning almashtirib bo‘lmaydigan tarkibiy qismi bo‘lib, organizmda ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun oziq -ovqat bilan yetarli miqdorda yod iste‘mol qilish kerak.

Asosiy fikrlar - nimalarni bilish kerak?

Emizikli ayollarda yodga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.

Emizikli ayollarda yodga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.

Yod chaqaloqlarning to‘g‘ri o‘sishi, hamda jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun zarurdir.

Mutaxassislar emizikli ayollarda kunlik yod iste‘molini 150 mkg dan (boshqa kattalar uchun) 250 mkg gacha oshirishni tavsiya qiladilar.

Yod tanqisligini peroral profilaktika orqali oldini olish mumkin.

Bundan tashqari, yod tanqisligi mavjud hududlarda yashovchi 7- 24 oygacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ozuqa tarkibida yoki yod saqlovchi qo‘shimchalar ko‘rinishida yod berish kerak.

Davomi > Bolalar

Batafsil ma'lumot uchun ta’lim videoni yuklab oling yoki "Savollar va javoblar" bo'limiga o'ting

O’rgatuvchi video

Yodomarin® preparati haqida barcha muhim ma‘lumotlar umumlashtirilgan

Savollar va javoblar

“Savollar va javoblar” bo‘limi Yodomarin® preparati bilan bog‘liq savollar va javoblarni o‘z ichiga oladi