Bo’lajak onalar
Homilador va emizikli ayollarda moddalar almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli yodga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.
Yod tanqisligini profilaktikasi va buqoqni davolash
Shuning uchun, yod tanqisligi deb ataladigan kasalliklar rivojlanishining oldini olish uchun, yod saqlovchi ozuqaviy qo‘shimchalarni qabul qilish juda muhim. Xususan, yod tanqisligi bo‘lgan hududlarda yashovchi yoki yodga bo‘lgan ehtiyoji oshgan odamlarda, masalan homilador yoki emizuvchi ayollarda, yodga bo‘lgan kunlik ehtiyojni ta‘minlash choralarini qo‘llash juda muhim. 24 oygacha bo‘lgan bolalarda ham kunlik yodga bo‘lgan ehtiyojni mos ravishda ta‘minlash kerak.
Agar oziq-ovqat bilan tushadigan yod miqdori tavsiya etilgan miqdoriga to‘g‘ri kelmasa, yod tanqisligi rivojlanishini profilaktikasi uchun yod saqlovchi vositalarni, masalan, Yodomarin® preparatini qabul qilishni boshlash masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Nima uchun yod juda muhim: Birinchidan, yod tireoid gormonlarning normal ishlab chiqarilishi uchun va binobarin, qalqonsimon bezning faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega, bundan tashqari, homiladorlikda homilaning, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning va yosh bolalarning to‘g‘ri o‘sishi, jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Yod tanqisligining belgilari maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarning maktab hayotiga va kundalik faoliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Yod kattalar uchun normal kognitiv va nevrologik funktsiyalarni ta‘minlash uchun, hamda energetik almashinuv jarayonlarini to‘g‘ri amalga oshishni ta‘minlash uchun kerak.
Yodomarin® preparatini peroral qabul qilish, yod tanqisligini (bunda buqoq kabi yod tanqisligi kasalliklari rivojlanishi mumkin) profilaktikasi va fikrlash qobiliyati va kognitiv funktsiyalarni yaxshilashga erishish uchun yaxshi tanlovdir.
Yodomarin® - bu ta‘sir qiluvchi moddasi kaliy yodid bo‘lgan dori vositasi. Preparatni qo‘llash uchun ikkita ko‘rsatma mavjud:
Buqoqning rivojlanishi odatda yod tanqisligidan kelib chiqadi, lekin bu kasallikka olib keladigan boshqa fiziologik sabablar ham bor. Yodomarin® yaxshi sifatli buqoqda qalqonsimon bez funktsiyasi normal bo‘lgan bemorlarda qo‘llaniladi.
Yodomarin® ikki xil dozada ishlab chiqariladi: tarkibida 131 mkg kaliy yodidi (100 mkg yodga teng) saqlovchi Yodomarin® 100 va 262 mkg kaliy yodid (200 mkg yodga teng) saqlovchi Yodomarin® 200. Yodomarin® preparatining ikki hil dozasi kerakli miqdordagi yod tushishini ta‘minlaydi va organizmdagi normal yod miqdorini tiklashga yordam beradi. Shunday qilib, Yodomarin® preparati yod tanqisligi va u bilan bog‘liq asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, tabletka ko‘rinishidagi preparatni peroral qo‘llash, kunlik yodning kerakli miqdorini olishning eng oddiy usullaridan biridir.
- Yodomarin® - bu bemorlar ham, shifokorlar ham ishonch bildiradigan dori vositasidir. Ko‘p yillar davomida u yod tanqisligini profilaktikasi va davolashda "mutaxassis" sifatida tan olinadi va qadrlanadi.
Iodomarin® 100 preparatining har bir tabletkasi 131 mkg kaliy yodidini saqlaydi, bu 100 mkg yodga to‘g‘ri keladi. 50 mkg dozani olish uchun tabletkani ikkita teng qismga bo‘lish kerak.
Yodomarin® 100 preparatining tavsiya etilgan dozasi ko‘rsatmalarga va bemorning yoshiga bog‘liq.
Yodomarin® 100 preparati tabletkalarini ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan qabul qilish kerak. Profilaktik maqsadda Yodomarin® 100 preparati bilan davolash odatda bir necha yillar davomida, ko‘pincha butun umr davomida o‘tkaziladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buqoqni davolash davomiyligi odatda 2-4 haftani, bolalar, o‘smirlar va kattalarda 6-12 oy yoki undan ko‘proqni tashkil qiladi.
Ba‘zi hollarda Yodomarin® 100 ni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Agar siz boshqa dori -darmonlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilgan bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa, shuningdek qalqonsimon bezning giperfinktsiyasini davolash uchun dori -darmon qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz yoki siz homilador bo‘lishingiz mumkin deb hisoblasangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida ularga ayting.
Yodomarin® 100 preparati haqida to‘liqroq ma‘lumot olish uchun dori vositasini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir qo‘riqnomaga qarang.
Yodomarin® 200 ning har bir tabletkasi 262 mkg kaliy yodidini saqlaydi, bu 200 mkg yodga to‘g‘ri keladi. 100 mkg dozani olish uchun tabletkani ikkita teng qismga bo‘lish kerak.
Yodomarin® 200 preparatining tavsiya etilgan dozasi ko‘rsatmalarga va bemorning yoshiga bog‘liq.
Yodomarin® 200 preparati tabletkalarini ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan qabul qilish kerak. Profilaktik maqsadda Yodomarin® 200 preparati bilan davolash odatda bir necha yillar davomida, ko‘pincha butun umr davomida o‘tkaziladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buqoqni davolash davomiyligi odatda 2-4 haftani, bolalar, o‘smirlar va kattalarda 6-12 oy yoki undan ko‘proqni tashkil qiladi.
Ba‘zi hollarda Yodomarin® 200 ni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Agar siz boshqa dori -darmonlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilgan bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa, shuningdek qalqonsimon bezning giperfinktsiyasini davolash uchun dori -darmon qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz yoki siz homilador bo‘lishingiz mumkin deb hisoblasangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida ularga ayting.
Yodomarin® 200 preparati haqida to‘liqroq ma‘lumot olish uchun dori vositasini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir qo‘riqnomaga qarang .
Yodomarin® yod saqlovchi ichga qabul qilish uchun preparat bo‘lib, yod tanqisligini profilaktikasi uchun qo‘llanilishi mumkin. U ikkita ko‘rsatma bo‘yicha qollanilishga tasdiqlangan bo‘lib, salomatlikni saqlashga yordam berishi mumkin:
Buqoq rivojlanishini profilaktikasi uchun tavsiya etilgan doza yoshga bog‘liq:
Yod tanqisligi chaqirgan endemik buqoq olib tashlaganidan keyin buqoq qaytalanishini profilaktikasi uchun 100-200 mkg yod qabul qilish kerak, bu Yodomarin® 100 preparatining 1-2 tabletkasiga va Yodomarin® 200 preparatining ½-1 tabletkasiga teng (yosh guruhiga qarab).
Odatda, buqoq profilaktikasi uchun qo‘shimcha sifatida Yodomarin® bir necha yillar davomida, ko‘pincha butun umr davomida qabul qilinishi kerak, agar ovqatlanishda yoki geografik joylashuvda keskin o‘zgarish bo‘lmasa. Bu, masalan, yodga boy hududga (masalan, qirg‘oq bo‘yi hududlariga) ko‘chib o‘tish va ko‘p miqdorda baliq iste‘mol qilishni o‘z ichiga oladi.
Buqoq - bu qalqonsimon bez o‘lchamlarining me‘yoridan kattalashishi. Kattalashish diffuz (tugunlar shakllanmagan holda) yoki bir yoki bir nechta tugun borligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ko‘p hollarda buqoq simptomsiz bo‘ladi, lekin agar qalqonsimon bezning kattalashishi qo‘shni tuzilmalarning siqilishiga olib kelsa, nafas olish qiyinlashishi (nafas qisilishi) yoki yutish (disfagiya) qiyinlashishi kabi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin.
Buqoq ko‘p sabablarga ko‘ra rivojlanishi mumkin, lekin asosiylaridan biri yod tanqisligi bo‘lib, u yod tanqisligi chaqirgan buqoq (endemik buqoq) rivojlanishiga olib keladi. Buqoq rivojlanishiga olib keladigan boshqa sabablar:
Bundan tashqari, litiy kabi ba‘zi dorilar ham buqoq keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, tabiiy strumogen vositalar deb ataluvchi ba‘zi mahsulotlar (masalan, tapioca va soya) qalqonsimon bezning kattalashishiga olib kelishi mumkin.
Buqoq rivojlanishining tez-tezligi turli mamlakatlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, Germaniyada o‘tkazilgan kogort tadqiqotda, aholining 35% ida buqoq aniqlangan. Yod tanqisligi og‘ir darajada bo‘lgan hududlarda buqoq tarqalganligi 80% gacha yetishi mumkin.
Buqoqni davolash uning sababiga qarab belgilanadi. Ko‘p hollarda davolash uchun yod yoki levotiroksin yetarli bo‘ladi. Agar buqoq nafas olish yoki yutish qiyinlashishi kabi simptomlarni keltirib chiqarsa, qalqonsimon bez hajmini kamaytirish uchun radioaktiv yodli terapiya yoki jarrohlik amaliyoti qo‘llanilishi mumkin.
Yodomarin® preparatini buqoqni davolash uchun tavsiya etilgan dozasi yoshga bog‘liq:
Odatda, buqoq profilaktikasi uchun qo‘shimcha sifatida Yodomarin® bir necha yillar davomida, ko‘pincha butun umr davomida qabul qilinishi kerak, agar ovqatlanishda yoki geografik joylashuvda keskin o‘zgarish bo‘lmasa. Bu, masalan, yodga boy hududga (masalan, qirg‘oq bo‘yi hududlariga) ko‘chib o‘tish va ko‘p miqdorda baliq iste‘mol qilishni o‘z ichiga oladi.
Yodomarin® 100/200 ni qabul qilib bo‘lmaydigan bir nechta holatlar mavjud:
Yodomarin® 100/200 tabletkalarida laktoza mavjudligiga e‘tibor bering.
Hamma dorilar singari, Yodomarin® 100/200 ham nojo‘ya ta‘sirga olib kelishi mumkin, lekin ular hammada ham uchramaydi. Yod profilaktik qo‘llanilganida nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmaydi. Ammo, qalqonsimon bezda gormonlar nazoratsiz ishlab chiqariladigan katta sohalar mavjud bo‘lganida va har kuni 150 mkg dan ortiq yod qabul qilinganida, qalqonsimon bez giperfunksiyasi rivojlanish ehtimolini butunlay inkor etib bo‘lmaydi.
Juda kamdan -kam hollarda (tez-tezligi Yodomarin® 100/200 qabul qilayotgan 10 ming odamdan 1 tadan kamida) quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishi mumkin:
Yodomarin® 100/200 preparatini qabul qilishda yuzaga kelgan har qanday nojo‘ya reaktsiyalarga shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling. Bu barcha nojo‘ya reaktsiyalarga, shu jumladan bu yerda ko‘rsatilmaganlarga ham tegishli.
Yod sog‘liq uchun juda muhim: Bu almashtirib bo‘lmaydigan mineral qalqonsimon bez tomonidan organizmdagi ko‘plab jarayonlarni tartibga solish uchun kerak. Yodni nazorat ostida qo‘shimcha ravishda qabul qilish sog‘lom hayotga yordam beradi.
Emizikli ayollarda va ularning chaqaloqlarida yodga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Yod tanqisligining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki u bolaning rivojlanishi va sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir qiladi.
Davomi > Savollar va javoblar
Yodomarin® preparati haqida barcha muhim ma‘lumotlar umumlashtirilgan
“Savollar va javoblar” bo‘limi Yodomarin® preparati bilan bog‘liq savollar va javoblarni o‘z ichiga oladi