Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Bolalar va o'smirlar rivojlanishida yodning ahamiyati

Ota-onalar bilishi lozim bo‘lgan faktlar

Bolalar va o'smirlarning rivojlanishida yodning ahamiyati

Ota-onaga aylangan vaqtingiz, ehtimol sizning hayotingizdagi eng hayajonli voqealardan biridir. Bolani tarbiyalash nafaqat yangi taasurotlar va sarguzashtlar, balki katta qiyinchiliklar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Masalan, farzandingizning sog‘lig‘iga nisbatan yodda saqlash kerak bo‘lgan ko‘p narsalar mavjud. Ushbu bosqichda muhim jihatlardan biri to‘g‘ri ovqatlanishni ta‘minlash va yod kabi oziq moddalarni yetarli darajada iste‘mol qilishdir. Yod qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlarning tarkibiy qismi bo‘lib, bolangizning to‘g‘ri o‘sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Yod tanqisligi bolalar va o‘smirlarda ishtahaning pasayishi, o‘sishning sekinlashishi, balog‘atga yetishning kechikishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yod yetishmovchiligi bolaning hissiy salomatligiga ham ta‘sir qilishi mumkinligiga e‘tibor berish kerak.

Yod tanqisligi bolalik va o‘smirlik davrida salbiy oqibatlarga olib keladi. Yod tanqisligi kuzatiladigan hududlarda maktab o‘quvchilarining 15% ta‘lim olishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bundan tashqari, ushbu hududlarda aqliy zaiflik xavfi qolganlarga nisbatan 2 marta yuqori. O‘rtacha yod tanqisligi, shuningdek, aholining aqliy qobiliyatining o‘rtacha 10-15% ga kamayishiga olib keladi. Bu jamiyatimizning kelajakdagi reproduktiv, intellektual, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy salohiyatini ifodalovchi yoshlarning sog‘lig‘ini saqlab qolish qanchalik muhimligini aniq ko‘rsatmoqda. Yod tanqisligining jiddiy oqibatlari, bolalarning ta‘lim olish qobiliyatiga va hayot sifatiga ta‘sir qiladi, kelajakda mamlakatimizda mehnat kuchi sifati yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, mavjud profilaktika dasturlari yod tanqisligi oldini olishda o‘rtacha samaradorlikni namoyish qilgan. Olimlar yod tanqisligi bilan kurashish uchun ushbu dasturlarni optimallashtirish, ayniqsa, yod tanqisligi kuzatilgan hududlarda, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ustuvor vazifa bo‘lishi kerak degan xulosaga kelishdi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yodning profilaktik iste‘moli qisqa muddatli xotira hajmini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, yengil yoki o‘rtacha yod tanqisligi bo‘lgan hududlarda maktab o‘quvchilarida xavotirlik darajasini pasaytiradi.

Shunday qilib, yod saqlovchi qo‘shimchalardan foydalanish yod tanqisligi bilan kurashish uchun yaxshi usul bo‘lishi mumkin (profilaktika sifatida ham, mavjud holatni davolash uchun ham).

Iodine in children and teenagers
Iodine in children and teenagers

1. Yod tanqisligi oqibatlari

Yod qalqonsimon bezning to‘g‘ri ishlashi va tireoid gormonlarni ishlab chiqarish uchun zarurdir. Yod tanqisligi mexanik asoratlarni va qalqonsimon bez funksiyasi pasayishiga (gipotireoz) olib keluvchi buqoq (qalqonsimon bez  kattalashishi) rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Keyinchalik charchoqlik, depressiya, vazn ortishi, mushak og‘rig‘i, holsizlik, qalinlashgan shishgan teri va qalqonsimon bezning kattalashishi (buqoq) kabi simptomlar rivojlanishi mumkin. Bunda qalqonsimon bez gormonlarining miqdorini pasayishi ayniqsa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: bu gormonlar yoshga mos keladigan jismoniy rivojlanish va balog‘atga yetishish jarayonlariga hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Bolada og‘ir darajadagi yod tanqisligi bo‘y o‘sishi sekinlashishi va erta jinsiy yetilishga olib kelishi mumkin.

Bolalarda uzoq muddatli yod tanqisligining yana bir asorati - ko‘p tugunli buqoq  (qalqonsimon bezning o‘sma bo‘lmagan kattalashishi) bilan kechadigan gipertireoz rivojlanishidir. Gipertireozning simptomlari tez yurak urishi, vazn yo‘qotish, terlash, uyqudagi muammolar, asabiylashish va bezovtalik bo‘lishi mumkin.

Consequences of iodine deficiency
Consequences of iodine deficiency

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishida yodning o'rni (5 yoshdan kichik bolalar)

Rivojlanishning turli bosqichlarida qalqonsimon bez gormonlari turli funksiyalarni bajaradi. Homila rivojlanishi davrida va erta bolalik davrida ular miya yoki markaziy asab tizimi (MAT) kabi turli organlarning o‘sishini va rivojlanishini nazorat qiladi. Shuning uchun, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun juda muhimdir.

Yod va uning organizmdagi asosiy funksiyalari haqida ko‘proq ma‘lumot olish uchun "Yod tanqisligi" bo‘limiga qaralsin. Bundan tashqari, bu yerda tarkibida yod saqlovchi mahsulotlar va tuproqdagi yod miqdori yod tanqisligi bilan qanday bog‘liqlikda ekanligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni ham topishingiz mumkin. 

Og‘ir darajadagi yod tanqisligi miya va markaziy asab tizimi rivojlanishining buzilishlariga olib kelishi mumkin. Bu psixomotor kasalliklarga (masalan, tura va yura olmaslik kabi), shuningdek, rivojlanishning tug‘ma nuqsonlariga olib kelishi mumkin. Bunday ortga qaytmas kasalliklarning eng jiddiy shakli – kretinizm bo‘lib, u aqliy zaiflik, kar-soqovlik, spastik diplegiya (bolalar serebral paralichi shakli, harakatning turg‘un buzilishi), g‘ilaylik va past bo‘ylikka olib keladi. Biroq bola hayotining dastlabki yillaridagi yengil yoki o‘rtacha yod tanqisligi ham uning intellektual rivojlanishiga ta‘sir qilishi mumkin.

O‘smirlarda yod miqdori va unga kundalik ehtiyoj yoshga bog‘liq. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamg‘armasi (YUNISEF), yod tanqisligi holatlarini nazorat qilish xalqaro kengashi (ICCIDD) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 59 oygacha bo‘lgan bolalar uchun 90 mkg yod iste‘mol qilishni tavsiya qiladi:

O‘ziq moddalar va energiyaga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik me‘yorlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 7 yoshgacha bolalrga kuniga 90-110 mkg yod tavsiya etiladi.

3. Maktab o'quvchilarining rivojlanishida yodning o’rni (6 dan 12 yoshgacha)

Yod tanqisligi maktab hayotida qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin: hatto yengil yod tanqisligi ham bilim olish qobiliyatini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin (aqliy rivojlanish shkalasi - IQ bo‘yicha taxminan 13,5 ball). Olimlar shuningdek, yod tanqisligi va axborotni qayta ishlash jarayonlarining sekinlashishi, mayda motorika qobiliyatining yomonlashuvi va maktab o‘quvchilarida ko‘rish muammolari o‘rtasidagi aloqa mavjudligini taxmin qilishadi.

Va yana bir narsani yodda tutish kerak: yod tanqisligi nafaqat yod tanqisligi bo‘lgan mamlakatlarning muammosi. Yevropa mamlakatlari boyligi va sog‘liqni saqlash tizimining yuqori standartlariga qaramasdan, va hatto yod tanqisligini nazorat qilish va bartaraf etish dasturlari mavjudligiga qaramay JSSTning boshqa mintaqalariga nisbatan so‘nggi o‘n yil ichida yod tanqisligi bo‘lgan maktab yoshidagi bolalarning hayratlanarli darajada yuqori darajasi qayd etilgan.

2015 yilda, JSST tomonidan kuzatiladigan Yevropa mintaqasida maktab yoshidagi bolalarning faqat 66 foizi yetarli miqdorda yod qabul qilishgan. Bu yodning yetarli darajada iste‘mol qilinishi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni va yod tanqisligi dunyoning istalgan davlatidagi har qanday odamda rivojlanishi mumkinligini ko‘rsatadi.

.

Yod va uning organizmdagi asosiy funksiyalari haqida ko‘proq ma‘lumot olish uchun "Yod tanqisligi" bo‘limiga qarang.

Bolalar va o‘smirlar uchun zarur bo‘lgan kunlik yod miqdori ularning yoshiga bog‘liq. Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), yod tanqisligi holatlarini nazorat qilish xalqaro kengashi (ICCIDD) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 6 va 12 yoshdagi bolalar kuniga 120 mkg yod iste‘mol qilishini tavsiya qiladilar.

O‘ziq moddalar va energiyaga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik me‘yorlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 7-13 yosh bo‘lgan bolalarga kuniga 120-130 mkg yod tavsiya etiladi.

4. O'smirlarning rivojlanishida yodning o’rni (12 yoshdan katta)

O‘smirlar tomonidan yetarli miqdorda yod iste‘mol qilishning muhimligini belgilaydigan ikkita sabab bor.

  • Birinchidan, o‘smirlik-bu organizmning to‘g‘ri rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ko‘p miqdorda ozuqa moddalariga muhtoj bo‘lgan tez o‘sish davri. Shu munosabat bilan, turli xil shifokorlar va diyetologik jamiyatlar to‘g‘ri ovqatlanishni, shu jumladan yodni yetarli miqdorda iste‘mol qilishni tavsiya qiladilar.
  • Ikkinchidan, o‘smirlardagi og‘ir darajadagi yod tanqisligi bilim olish buzilishiga va akademik o‘zlashtirish pasayishiga olib keladi.

Yod tanqisligi o‘smirning kundalik hayotiga ta‘sir qiluvchi simptomlarga olib kelishi mumkin. Odatda simptomlar orasida tez charchashlik, diqqatni jamlash muammolari, apatiya, aqliy jarayonlar faolligini pasayishi va jismoniy energiya yetishmasligi kiradi. Bularning barchasi hayot sifatiga va muvaffaqiyatli o‘qishga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Iodine in teenagers (above 12 years)
Iodine in teenagers (above 12 years)

Yod va uning organizmdagi asosiy funksiyalari haqida ko‘proq ma‘lumot olish uchun "Yod tanqisligi" bo‘limiga qarang. 

Bolalar va o‘smirlar uchun zarur bo‘lgan kunlik yod miqdori ularning yoshiga bog‘liq. Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), yod tanqisligi holatlarini nazorat qilish Xalqaro kengashi (ICCIDD) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga ko‘ra, 12 yoshdan katta o‘smirlar kuniga 150 mkg yod iste‘mol qilishlari kerak.

O‘ziq moddalar va energiyaga bo‘lgan ehtiyojning fiziologik me‘yorlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 14-17 yosh bo‘lgan o‘smirlarga kuniga 130 mkg yod tavsiya etiladi.

5. Yod tanqisligining profilaktikasi

Bolalar va o‘smirlarning yetarli miqdorda yod qabul qilishiga ishonch hosil qilishning birinchi usuli - ularning haftalik ratsioniga e‘tibor qilishdir. Ba‘zi mahsulotlar (masalan, baliq, dengiz mahsulotlari va sut mahsulotlari) boshqalardan ko‘ra ko‘proq yod saqlaydi. Bundan tashqari, ovqat tayyorlash paytida yodlangan tuzdan foydalanish kerak. Biroq, agar bola oziq-ovqatni tanlab yesa yoki hayvon mahsulotlarini iste‘mol qilishni istamasa, buni nazorat qilish qiyinlashadi. Bunday holatlarda, tarkibida yod bo‘lgan, masalan tabletka shaklidagi qo‘shimchalardan, foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak (Yodomarin® preparati). Bu esa kunlik yod iste‘molini yetarli darajada qoplash imkonini beruvchi samarali va oddiy muqobil yo‘l bo‘lishi mumkin.

5. Prophylaxis of an iodine deficiency
5. Prophylaxis of an iodine deficiency

Yodomarin® preparatining yod tanqisligi profilaktikasi uchun tavsiya etiladigan dozalari (Yodomarin® preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaga muvofiq):

  • Yosh bolalar: 50-100 mkg Yodomarin® preparati kuniga bir marta 
  • Bolalar: 50-100 mkg Yodomarin® preparati kuniga bir marta 
  • O‘smirlar: 100-200 mkg Yodomarin® preparati kuniga bir marta 

Klinik tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tarkibida yod bo‘lgan qo‘shimchalarning tavsiya etilishi o‘rtacha og‘irlikdagi yod tanqisligi bo‘lgan bolalar yoki o‘smirlarda fikrlash qobiliyatini va umuman kognitiv funksiyani yaxshilashi mumkin.Yod tanqisligi kuzatiladigan hududlarda yashovchi  bolalar qo‘shimcha yod qabul qilishi, jismoniy va aqliy rivojlanishni yaxshilanishiga yordam beradi.

Shunga qaramay, agar bola hozirda yod tanqisligini boshdan kechirmasa ham, tarkibida yod bo‘lgan qo‘shimchalarni profilaktik qo‘llanilishi foyda keltirishi mumkin, chunki yod bolada normal o‘sish va kognitiv funksiyalarning rivojlanishiga yordam beradi.

6. Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Agar shubhalar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Farzandingiz yoki o‘smir yoshidagi bolangizda ilgari kuzatilmagan doimiy charchoq, sababsiz vazn ortishi yoki depressiya kabi belgilarni sezdingizmi? Farzandingiz qalqonsimon bezi avvalgidan ko‘ra kattalashgandek ko‘rinyaptimi? Farzandingiz tez-tez mushaklar og‘rig‘i va mushaklar tirishishidan shikoyat qiladimi? O‘qituvchilarining so‘zlariga ko‘ra, farzandingiz diqqatni jamlashda muammolarga duch kelganmi? Bunday holda, shifokorga murojaat qilish va farzandingiz yod tanqisligi yoki boshqa kasalliklardan aziyat chekishini tekshirish vaqti keldi.

When to see the doctor
When to see the doctor

Shifokor farzandingizdagi simptomlarning sababini aniqlash va yod tanqisligi tashxisini tasdiqlash yoki rad etish uchun bir qator diagnostik tekshiruvlarni amalga oshiradi. Avvalo, jismoniy tekshiruv o‘tkaziladi. Shifokor bolaning bo‘yini va vaznini o‘lchaydi, to‘liq ko‘rikdan o‘tkazadi va qalqonsimon bezni tekshiradi. Qalqonsimon bezning o‘lchami, zichligi yoki yuzasining o‘zgarishi yod tanqisligi chaqirgan gipoteriozdan dalolat berishi mumkin.

Qalqonsimon bezning holati haqida batafsil ma‘lumot olish uchun shifokor ultratovush tekshiruvini amalga oshirishi mumkin. Yana bir muhim tadqiqot qalqonsimon bez funktsiyasini ko‘rsatuvchi ikki gormon konsentratsiyasini aniqlashdir: tireotrop gormon (TTG) va erkin tiroksin (T4). Tahlil natijalari qalqonsimon bezning normal ishlashini yoki uning funksiyasi pasayganligini baholashga imkon beradi.

Unutmang: Yod tanqisligi qancha tez tashxis qilinsa va davolash boshlansa, mumkin bo‘lgan oqibatlardan xalos bo‘lish osonroq bo‘ladi.

Yod haqida ko’proq bilish

Yod sog‘liq uchun juda muhim: Bu almashtirib bo‘lmaydigan mineral qalqonsimon bez tomonidan organizmdagi ko‘plab jarayonlarni tartibga solish uchun kerak. Yodni nazorat ostida qo‘shimcha ravishda qabul qilish sog‘lom hayotga yordam beradi.

Breast-feeding Mothers and Babies

Emizikli onalar va chaqaloqlar

Emizikli ayollarda va ularning chaqaloqlarida yodga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Yod tanqisligining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki u bolaning  rivojlanishi va sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir qiladi.

Asosiy fikrlar - nimalarni bilish kerak?

ODOMARIN Keyfact Iodine

Yod to‘g‘ri o‘sish, hamda yosh bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun zarurdir.

ODOMARIN Keyfact Iodine

Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlardagi yod tanqisligi belgilari maktab hayoti va kundalik faollikga ta‘sir qilishi mumkin.

ODOMARIN Keyfact Iodine

Mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yod qabulining kunlik miqdori maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 90 mkg, maktab yoshidagi bolalar uchun 120 mkg va o‘smirlar uchun 150 mkg ni tashkil qiladi.

ODOMARIN Keyfact Iodine

Peroral profilaktika yod tanqisligining rivojlanishini oldini olish va fikrlash qobiliyati va kognitiv funksiyani yaxshilashga yordam beradi.

Davomi Kattalar

 

Batafsil ma'lumot uchun ta’lim videoni yuklab oling yoki "Savollar va javoblar" bo'limiga o'ting

O’rgatuvchi video

Yodomarin® preparati haqida barcha muhim ma‘lumotlar umumlashtirilgan

Savollar va javoblar

“Savollar va javoblar” bo‘limi Yodomarin® preparati bilan bog‘liq savollar va javoblarni o‘z ichiga oladi