Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Yodomarin® tarkibidagi yod hayot uchun juda zarur

Yod tanqisligini profilaktikasi va buqoqni davolash

Yod tanqisligi hayotning har bir bosqichida jiddiy muammo hisoblanadi

Bizning organizmimiz sog‘lom bo‘lishi uchun unga turli xil oziq moddalar kerak. Ulardan biri, muhim microelement bo‘lgan yoddir. U organizmning turli funksiyalarini bajarishda muhim rol o‘ynaydigan qalqonsimon bez tomonidan ma‘lum gormonlar sintezi uchun zarurdir. Tireoid gormonlarning eng muhim ta‘sirlaridan biri, bu ularning asab tizimining rivojlanishi va ishlashiga qo‘shgan hissasidir. Inson hayotida yodga bo‘lgan ehtiyoj ortadigan bir nechta davr mavjud: tug‘ilishdan oldin (homiladorlik paytida) va tug‘ilishdan keyin (emizish davrida). Yod tanqisligi bolalar, o‘smirlar va kattalar sog‘lig‘iga ham jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Barcha mamlakatlarda ham aholi oziq-ovqat bilan yetarli miqdorda yod iste‘mol qilmaydi.

Ona va bola

Yod homiladorlik paytida va tug‘ruqdan keyin ham ona, ham yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘ini saqlash uchun zarurdir. Yangi hayot juda ko‘p narsani o‘zgartiradi - uning maqbul rivojlanishi qalqonsimon bezdagi yod miqdoriga bog‘liq.

Chaqaloqlar, bolalar, o‘smirlar

Yoshlikdagi yod tanqisligi rivojlanishning ortda qolishiga olib keladi. Qalqonsimon bezning yetarli darajada muhim gormonlarni chiqarishi, shu bilan birga sog‘liqni ushlab turish va muvaffaqiyatli "hayot boshlash" ni ta‘minlashi uchun yod kerak.

Kattalar

Yod yaxshi sog‘liq uchun kerak. U organizmdagi ko‘plab jarayonlarni tartibga soluvchi qalqonsimon bezning normal ishlashini ta‘minlashda muhim rol o‘ynaydi. Yod tanqisligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi.

Yodomarin® yod tanqisligini kerakli darajada qoplanishini ta'minlaydi

Yod tanqisligi butun dunyoda keng tarqalgan. Kattalar uchun tavsiya etilgan kunlik yod dozasini olish uchun (150 mkg) faqat oziq-ovqat iste‘mol qilishining o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, yod tanqisligi kasalliklari belgilari rivojlanishining oldini olish uchun tarkibida yod bo‘lgan oziq-ovqatlarini qabul qilish juda muhimdir.

Ko‘proq bilish

Yodomarin® 100  preparatining har bir tabletkasi 131 mkg kaliy yodid saqlaydi, bu 100 mkg yodga to‘g‘ri keladi. 50 mkg dozani olish uchun tabletkani ikkita teng qismga bo‘lish kerak.

Ko‘proq bilish

Yodomarin® 200 preparatining har bir tabletkasi 262 mkg kaliy yodid saqlaydi, bu 200 mkg yodga to‘g‘ri keladi.  100 mkg dozani olish uchun tabletkani ikkita teng qismga bo‘lish kerak.

Yodning ahamiyati

Yodning ahamiyati va yod tanqisligini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar

Batafsil ma'lumot uchun o’rgatuvchi videoni yuklab oling yoki "Savollar va javoblar" bo'limiga o'ting

O’rgatuvchi video

Yodomarin® preparati haqida barcha muhim ma‘lumotlar umumlashtirilgan

Savollar va javoblar

“Savollar va javoblar” bo‘limi Yodomarin® preparati bilan bog‘liq savollar va javoblarni o‘z ichiga oladi